Sevgi haqida sherlar to‘plami
Sevgi haqida sherlar:
Kunlarim oʻtyabdi sensiz ham bekam
Yoʻqlamay qoʻydi tashvish yoki gʻam
Yurishlarim qaysi malikadan kam…
Sen meni sogʻinasan hali juda ham…
Sensiz bogʻlarim ham ochildi qiygʻos
Yuribman sensiz ham qaddim tutib gʻos
Yurishlarim aytsam malikaga xos..
Sen meni sogʻinasan hali juda ham…
Sen bergan gʻamlar ham tugadi oxir
Sinovlarni yengdim boʻldim men mohir
Boʻlolmading menga munosib Tohir
Sen meni sogʻinasan hali juda ham…
Qara vaqt oʻtyabdi juda ham shoshib
Yuzimga tabassum turar yarashib
Meni tashlab sen ketding adashib
Sen meni sogʻinasan hali juda ham
Yoʻllarimga kelma duch rangim oʻchadi
Tushlarimga ham kirma uyqim qochadi
Men uchun oʻzga yor quchoq ochadi
Sen meni sogʻinasan hali juda ham…
Oʻtmishga qaytish yoq yoʻq ortga qaytish
Endi hayotimni qilmayman taftish
Tunlar uyqularingda koʻrib meni tush
Sen meni sogʻinasan hali juda ham..
Muallif :Dilim.
Dunyo o’zi shunday yaralgan bir kam,
Sinovlarga taslim bo’lmagin hech ham.
Baxtli kunlar kelar, erta yoki kech,
Behuda ko’zlaring yoshlamagin hech.
Sevgi deya qalbing yoqmagin bekor,
Sevaman, deb diling o’rtama zinhor,
5 kunlik dunyoda bilmaylik ozor,
Sevgi deb ko’zlaring yoshlamagin hech.
Do’st ham toliladi omon bo’lsang gar,
Dunyo ham kuladi, sen kulsang agar,
Bu dunyo imtihon bizga birodar,
Dunyo deb ko’zlaring yoshlamagin hech.
Kimnidir butunlay unutdi qalbim,
Kimdir yuragida yashaymiz balkim,
Ota-onangchalik sevolmas hech kim,
Behudaga ko’zing yoshlamagin hech.
????????????????????????????????????????????????
???? ROBIYA Rasulova ✍
Hisoblashamiz
Yuragimdan ketganlar
Meni arzon sotganlar
Ortdan kulib qotganlar
Qiyomatda hisoblashamiz
Pinhon g’iybat qilganlar
Qalbimni og’ritganlar
Ustimizdan kulganlar
Qiyomatda hisoblashamiz
Ishonchimdan chiqqanlar
Har hil gap so’z qilganlar
Gunohimni to’kkanlar
Qiyomatda hisoblashamiz
Yuragimdan ketganlar
Meni arzon sotganlar
Ortdan kulib qotganlar
Qiyomatda hisoblashamiz
Yolg’on qasam ichganlar
Meni tashlab qochganlar
Qalbimni qon etganlar
Qiyomatda hisoblashamiz
(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)
✍Mashrabbek Rakhimjonov
TURMADINGIZ SOʻZINGIZGA
Xushboʻy atir sepib rosa,
Rom etdingiz oʻzingizga,
Sevaman deb ichib qasam,
Turmayapsiz soʻzingizga.
Ayting menga rostin-dangal,
Qolayapman koʻyib har gal,
Sevmas edim balki sizni,
Bilganimda buni avval.
Ketayapsiz bilmam qayga,
Toʻy qoldimi endi mayga,
Ruxsatimni olmay turib,
Chiqayapsiz katta yoʻlga.
Yoqani ham bordir yengi,
Siz edingiz meni tengim,
Sotilmoqda nahot sevgim,
Bir chaqasiz bozorlarga.
Siz edingiz meni borim,
Kimga aytay endi zorim,
Karimbekni oʻyin qilib,
Oʻzgasiga ketdi yorim.
Ayting menga rostin-dangal,
Qolayapman koʻyib har gal,
Sevmas edim balki sizni,
Bilganimda buni avval.
Kirolmadim koʻnglingizga,
Endi chiqmam yoʻlingizga.
Meni qadrim bilmadingiz,
Yomgʻir yogʻsin toʻyingizda.
✍-Karimbek ASATULLAYEV
Интернет пайдо бўлди,
Ҳамма ўзини урди,
Кимдир йиғлади, кулди,
Кимлардир машҳур бўлди.
Кимдир телеграм кезди,
Кимлардир ундан безди,
Ёлғонми, ростми билмай,
Маълумот дунё кезди.
Каналларни айтманг хўп,
Сон-саноқсиз жуда кўп,
Ундан бунга бошловчи,
Рекламалар эҳей кўп.
Севимли каналингдан,
Кетгинг келмайди ҳеч ҳам,
Кимлардир қўшиб кўяр,
Аччиғинг чиқар ҳар дам.
Баъзан шундай кезларда,
Спамлаб қўярсанда,
Ёзолмайди ҳеч кимга,
Шунда қувонасанда.
Танишдинг опа-сингил,
Дўст ҳам ортириб олдинг,
Сўзлаганда ортиқча,
Баъзан балога қолдинг.
Ҳар инсон ҳам ўзига,
Кераклисин олади,
Дўст тутган айримидан
Кўнглинг тўлмай қолади.
Профиллар ўзгача,
Тақводор кўринади,
Кузатсанг бир куласан,
Барчаси билинади.
Эҳ яхшилар шошилманг,
Интернетдан ёр топманг,
Аллоҳдан сўранг бари,
Ҳеч кимсага ишонманг…
©Ҳаётхоним
Бир бор сизга эркалик қилиб,
Қалбимдаги ишққа зўр бериб,
Ҳеч ошмаган ҳаддимдан ошиб,
Меникисиз, десам майлими?
Shodiyona????
Миш-мишлари кўп бу дунёга.
Парво қилма қилма кўзинг нам.
Севгин жоним севиниб яша.
Бир сеники бўлиб қоламан
Kamron Nur
Ajralishga kelishmagandik
Muhabbatni paymoni to’lsa,
Biz shunchaki tanishmagandik.
Esla, agar, esingda bo’lsa,
Ajralishga kelishmagandik.
Dardim eshit, eshitgil samo
Qanday buni ko’rmoqda ravo?
Sevgi izhor qilgandik, ammo
Ajralishga kelishmagandik.
Qo’lda bevaqt gullar so’lsa ham,
Ishq atalmish hislar o’lsa ham,
Har ne bo’ldi nima bo’lsa ham,
Ajralishga kelishmagandik.
Ich etimiz tilishgandigu,
Loyqalanib tinishgandigu,
Ahdi-paymon qilishgandigu?
Ajralishga kelishmagandik!
O’ylar edim har lahza, har on
Gar so’rasa berar edim jon.
Meni tashlab ketmoqda oson,
Ajralishga kelishmagandik.
Alam bilan chekarman-da oh,
Bu azobga bormikan panoh?
Gapim rostki, Allohim guvoh,
Ajralishga kelishmagandik.
Bahor sevgi sayli edi-ya,
Majnun suygan layli edi-ya,
Hohlasam ham mayli edi-ya,
Ajralishga kelishmagandik.
Undan ko’ra qizg’on havoni,
Chiqar edi tanamning joni.
Aldamagin Sarvar Mirzoni,
Ajralishga kelishmagandik!
Muallif✍️Sarvar Mirzo
❌️Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…