Sevgi haqida sherlar
Men Sizni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Siz tomon suzaveraman.
Men Sizni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.
Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to’ldiraman bag’ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho’kib har shom.
Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo’msar takror va takror…
Men Sizni Sevaman har dam sog’inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.
Men Sizni Sevaman o’zimdan ortiq,
Jon so’rang jonimni beraman so’zsiz,
Borimni, yo’g’imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.
Men Sizni Sevamanto o’lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o’tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.
Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…