Sevgi muhabbat

Sevgi muhabbat

Daryo suvin oy baliqlar ichgani yo’q, 

Falak sirin hali birov yechgani yo’q. 

Gohi ketar 

eslaganda alam qilib, 

Siz kechdingiz, dunyo 

mendan kechgani yo’q. 

Har qadamda sevmaganga ko’ngilsiz, yor, 

Kech bo’lganda qadrim bilib yig’laaysiz, yor. 

Zar azizmi, sevgi 

aziz bilmaysiz, yor, 

Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo’q. 

Endi yo’qdir yurakka o’t yoqishingiz, 

O’ylantirar ammo ma’yus boqishingiz. 

Baxtli bo’ling, ginam yo’qdir sizga hargiz, 

Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo’q.

Прокрутить вверх