Sevgi yo‘q
Sevgi yo‘q!!!!
Bu dunyoda sevgi bo‘lmagan
Agar bo‘lsa ko‘rsating qani
Hayotta yo‘q hammasi ertak
Yozuvchilar aldar hammani
Ishonmayman sevgi yo‘q rosdan
Uydurma gap isbotmi?! Hozir!
Agar sevgi bo‘lganda bormi
Shu hayotda bo‘lardi Tohir
Majnun faqat Alisher o‘yi
Qani menga ko‘rsating Laylin
Zamonamdan topib bo‘lmaydi
Farhod mavjud o‘ylar tufayli
To‘g‘ri mehr bo‘lishi mumkun,
Adashtirmang ishq sevgi o‘lgan
Qani o‘sha Otabek, Kumush,
O‘tgan kunlar o‘tmishda bo‘lgan
Tirik bo‘lsa so‘ranglar qani
Javob bersin bizlarga Lutfiy
Ana so‘rang ishonmasangiz
Mashrabmasmi ishqi ilohiy?!
Ehhe qani bizlarda Ra’no,
Qani bizga Anvar sevgisi?!
Ular ishqin chaqib o‘ldirgan
Mehrobdagi chayonmasmidi?!
Yana bormi kimlari qoldi
Romeo yo Julettamidi
Ishq vaslidan o‘limni ustun
Ko‘rishganlar shularmasmidi?!
Tortishmanglar sevgi yo‘q tamom
Yana davom etishim mumkun
Qanday qilib sevgan ayolin
Atellodek bo‘g‘ishi mumkun?!
Tahrirlanmagan?! O‘qilsinu Tegilmasin! Davomi ham bor…
Muallif: Akbaraliyeva
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…