Shalg’om haqida sher
sholg’om
Burishtirmang aftingiz,
Qaytmasin so’ng shashtingiz.
Shamollashga davomiz,
Bizlar sholg’om bobomiz.
✍️: Islomova Mukambar
Oshqovoq.
Pishirasiz tovoq tovoq,
Biz vitaminli oshqovoq,
Jahonga dovrug’imiz,
Foydali urug’imiz.
✍️: Islomova Mukambar
Lavlagi.
Lavlagimiz lavlagi.
Xatto foydali bargi,
Kam qonga qonmiz,
Darmonsizga jonmiz.
✍️: Islomova M
Kartoshka.
Yotamiz galalashib,
Oladilar kavlashib,
Soladilar ovqatga,
Bizlar shirin kartoshka.
✍️: Islomova Mukambar
Karam.
Havasingiz kelar biram,
Biz vitaminli karam,
Ketma-ket qatma-qatmiz,
Tayorlasang ovqat salatmiz.
✍️: Islomova M
Sabzi.
Taniysizmi bizni o’zi,
Biz qizil,sariq sabzi,
Milliy taom boshimiz,
Ancha katta yoshimiz.
✍️: Islomova Mukambar
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…