LAYK haqida hazil she’r
LAYK haqida hazil she’r…
Aylanayin zamondan,
Hamma kamtar boʻp ketdi.
Tandiqlar chetda qolib,
Dunyo laykchi boʻp ketdi.
Pora juda hijolat,
Bir chetda qolib ketdi.
Omadin laykka berib,
Boshini egib ketdi.
Ne koʻrgulik,hatolik,
Dunyo qayga ketmoqda.
Layk bosib, ovoz yigʻib,
Bilmam nedan yutmoqda.
Avvallar boʻlar edi,
Tarbiyali ertaklar.
Layk bosing deb qilpillar,
Koʻylak kiygan erkaklar.
Ayollar ham ibosin
Laykka qoʻshib sotvordi.
Uzun sochlarin qirqib,
Roʻmollarin otvordi.
Chaqaloq tugʻilmasdan
Selfi qilish boshlandi.
Layklar soni koʻp ekan
Koʻrib dilim gʻashlandi.
Hayhot, adolat ham jim,
Indamaydi, bilmaydi.
Bu layklarga chek qoʻyib,
Yakun, barham bermaydi.
Yurgan, turgan qolmadi
Bariga layk bosildi.
Oriyat, ibo hayo,
Chidolmadi,osildi.
Layklar soni hal qilar
Endi barcha yumushni
Bilmam shu ham hayotmi
Oʻnglarmikan turmushni.
Ota meros deb bizdan
Shu layklar qolar endi.
Hadis kitob, matallar,
Oʻtmishga ertak endi.
Arzim yagona holos
Hayot laykli boʻlmasin.
Umrimiz oz gʻanimat
Laykla oʻtib ketmasin.
IRODAXON QOSIMOVA.
20.09.2022. 20:20.
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…