Til millat ruhi, insho til haqida o‘quvchilar uchun insho

Til millat ruhi, insho til haqida uquvchilar uchun insho

Til millat ruhi, insho til haqida o‘quvchilar uchun insho

"Til millat ruxi" 

              Reja:

1-Til millatning ajralmas qismi

2-Tilning ahamiyati

3-Til millat ko'zgusi

Til – milliy davlatchiligiga ega bo‘lgan har bir xalq suverinitetining muhim belgisi, millat ma’naviyatining ajralmas tarkibiy qismidir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

Brinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz hali mustaqillikka erishmasidanoq istiqlol sari muhim qadam qo‘yildi: 1989 yil 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat ona tilimizning qadrini mustahkamlash, faxr-iftixorimiz, g‘ururimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi uning mavqeini oshirib, qo‘llanish doirasi va rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi, – davlat tilining ahamiyatini targ‘ib qilish, ish va hujjatlarni davlat tilida yuritishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Shu kunlarda tashkilot va muassasalar, o‘quv yurtlari, mahallalarda til bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.O'zbek tilining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan an’anaviy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Ona tili – davlat tili”, “Odob boshi – til” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazilayotir.

Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim.