Ur to‘qmoq bolalar uchun ertaklar
Ur to‘qmoq bolalar uchun ertaklar
Ur to'qmoq
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o’tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan edi, tuzoqqa katta bir laylak tushdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqargan edi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshladi:
Chol, men laylaklarning boshlig’iman, meni qo’yib yubor, nima tilasang shuni beraman. Mening makonim shu qarshidagi tog’ning orqasida. „ Laylakvoyning uyi qayda» desang, hamma aytib beradi, — dedi.
Chol laylakni qo’yib yubordi. Ertasiga ertalab turib, Laylakvoyning sovg’asini olib kelish uchun yo’lga tushdi. Yurib, yurib bir joyga borib yetdi. Qo’y boqib yurgan cho’ponlardan:
— Bu qo’ylar kimning qo’yi? — deb so’radi.
— Bu qo’ylar Laylakvoyning qo’yi,— deb cho pon cholni yo’lga solib yubordi. Bir joyga borib yilqi haydab yurgan yilqichiga:
— Bu yilqilar kimniki?— deb so’radi chol. Yilqichi.
— Laylakvoyniki, — dedi.
— Laylakvoy menga sovg’a va’da qilib edi, nima so’ray? — degan edi, yilqichi bunday dedi:
— Laylakvoyning bir xumchasi bor, „qayna, xumcha» desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so’ra, — dedi.
Chol oz yurib, ko’p yurib, ko’p yursa ham cho’l yurib, yetti kechayu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga borib yetdi. Eshikdan kirib:Ur to`qmoq — Assalomu alaykum, — dedi. Laylakvoy:
— Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. Sen sovg’a uchun kelgan bo’lsang kerak, qani nima so’raysan? — dedi.
— Men sizdan „qayna, xumcha»ni so’rayman, — dedi chol.
Laylakvoy o’ylab qoldi:
— Chol, senga bir tovoq tilla beray, — desa ham chol ko’nmadi. Axir „qayna, xumcha» ni berishga rozi bo’ldi. Chol „qayna, xumcha» ni olib jo’nadi. Yo’l yurib, cho’l yurib, bir joyga yetdi. Dam olish uchun o’tirdi.
Qishloqning bolalariga qarab: ,,O’g’illarim, mana bu xumchaga qarab turing, men bir oz mizg’ib olay, faqat „qayna, xumcham» demanglar»,— deb tayinlab, uyquga ketdi.
Bolalar chol uxlashi bilan „Qayna, xumcha» deb baqirishib edi, xumdan tilla qaynab chiqdi, shoshib-pishib, bolalar tillalarni yig’ib olib, xumni uylariga olib kirib bekitib qo’ydilar, „Qayna, xumcha» ning o’rniga boshqa bir xumchani olib kelib qo’ydilar. Chol uyqudan turib xumchani olib jo’nadi. Yetti kecha, yetti kunduz yo’l yurib, uyiga yetib keldi.
— Qani, kampir, dasturxonni yoz, hozir tillaga boy bo’lamiz, — dedi. Kampir dasturxonni yozdi, dasturxonning o’rtasiga xumchani qo’yib, chol bor kuchi bilan „qayna, xumcha» deb baqirdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmadi; chol yana baqirdi, tilla qaynamadi. Cholning jahli chiqib: „Ha, padaringga la’nat Laylakvoy, meni aldab boshqa xumcha beribdi; men ertaga borib boshqa sovg’a so’rayman,» deb qo’ydi. Ertasi saharlab chol yana yo’lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib:
-Laylakvoy meni aldadi, endi nima sovg’a so’ray, — dedi. Yilqichi o’ylab turib: „Ochil, dasturxon«ni so’rang, dasturxonni yozib, „Ochil, dasturxon» desangiz, har xil taomlar tayyor bo’ladi, — dedi.
Chol Laylakvoyning eshigidan kirib:
— Assalomu alaykum, — dedi. Laylakvoy:
— Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. O’tgan gal senga
„Qayna, xumcha» ni berib edim, ko’ngling to’lmadimi? — dedi. Chol hamma voqeani aytib:
— Meni aldading, „Qayna, xumcha«ning o’rniga boshqa xumcha beribsan, endi sendan „Ochil, dasturxon»ni so’ragani keldim, — dedi.
Laylakvoy o’ylab qoldi. Axiri „Ochil, dasturxon«ni cholga sovg’a qildi.
Chol yo’lga tushdi. Oz yurib, ko’p yurib, o’tgan gal dam olgan qishloqqa borib yetib, o’ziga tanish bo’lib qolgan bolalarni ko’rdi.
— O’g’illarim, mana shu dasturxonni ushlab o’tiring, men bir oz mizg’ib olay, faqat „Ochil, dasturxon» demanglar,— deb ularga tayinladi. U uyquga ketgandan so’ng bolalar „Ochil, dasturxon», deb baqirgan edilar, yetti xil taom tayyor bo’ldi. Bolalar taomlarni o’rab, dasturxonni uylariga olib kirib, o’rniga boshqa dasturxon olib chiqib o’tirdilar.
Chol uyqudan turib dasturxonni oldi, yo’lga tushdi. Uyiga kelib:
— Kampir nima taom desang, hozir tayyor bo’ladi,— deb dasturxonni yozdi. „Ochil, dasturxon«, deb edi, hech qanday taom chiqmadi. Cholning jahli chiqib, — Laylakvoy meni ikkinchi marta aldadi, ertaga borib boshqa bir sovg’a so’ray, — dedi.
Ertas