Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas (sher)
Yigit kishini noni yerda deganlaridek yigit kishining ertaga boyib yaxshi inson bo‘lishi omadi kelganda do‘slari ham ko‘payarkan shu haqida ajoyib sherni etiboringizga havila qilamiz
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas
Bo‘ron to‘xtab qolsa tindi demanglar,
Kuchga to‘lib qaytsa to‘xtatib bo‘lmas.
Yigitni hech qachon sindi demanglar,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Aqli butun bo‘lsa sog‘-u salomat.
Pul bu qo‘lning kiri qilmang malomat.
Uch marta keladi yigitga omad,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Kimdan qolib ketmas o‘tkinchi dunyo.
Yerdan o‘zilibsiz kukdasiz guyo.
Boshqa narsa bilan o‘ynashing ammo,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Shundoq quyib quymas gar zulm qilsa.
Mard yigit qaytmagay gar o‘lim kelsa.
Alloh karami keng ol qulim desa,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Boyman deb kuksingiz buncha kerasiz.
Kambag‘al deb buncha yerga urarsiz.
Hali soyasiga salom berarsiz,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Qo‘rqoqqa yuymanglar goho jimligin.
Yengib chiqar hatto taqdir shumligin.
Isbotlab beradi asli kimligin,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
Bo‘ron to‘xtab qolsa tindi demanglar,
Kuchga to‘lib qaytsa to‘xtatib bo‘lmas.
Yigitni hech qachon sindi demanglar,
Yigit omadiga o‘ynashib bo‘lmas.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 07.10.2024.
Marja 0 ga intilyapti Bozorlar to'yingani sayin, raqobat ham rivojlanib boraveradi, bu jarayonda esa mahsulotlarning…
Avval salom, bad’az kalom. Odob va odobsizlik haqida maqollar…………………………………………………………………………………………………………………. Bir kattani bil,Bir kichikni bil. Bola…
Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu qilsangiz Agar siz yordam so’rab qichqirayotgan ayolni orzu…
KONSTITUTSIYA haqida sherlar to'plami bolalar uchun KONSTITUTSIYA Eng sara qonunlardan, Qomusim-oftobro'ya, Yozilgan tilla harfdan, Bizning…
Qish fasli haqida eng sara sherlar, (bolalar uchun sheʼr) Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr) Tiniq…
Notanish qiz uchun ajoyib sher Notanish qiz uchun! Sherlarimda yozilgan bitik. Shunchaki tasodif qofiya halos.…