Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari. Bobur g’azallari to’plami aziz obunachilarimiz uchun taqdim etilmoqda. Sir emaski Zahiriddin muhammad bobur sherlari va g’azallari O’zbek xalqining qalb to’ridan joy olgan. Shuning uchun ham bobur haqida sherlar qator kitoblar chop etilgan.

Bobur, 1483-yilda zamonaviy Afg’oniston hududida tug’ilgan, o’zining adabiy va siyosiy merosi bilan mashhur bo’lgan mo’g’ul imperatori. U Boburiylar sulolasining asoschisi sifatida tanilgan. Yoshligida ko’p janglarda qatnashib, Hindistonni zabt etish maqsadida ko’plab harbiy yurishlar o’tkazdi. 1526-yilda Panipat jangida Dehlini qo’lga kiritib, hind subkontinentida Boburiylar davlatini barpo etdi.

Bobur nafaqat muvaffaqiyatli jangchi, balki iste’dodli yozuvchi ham edi. U “Boburnoma” asarida o’z hayoti va davrining voqealarini tasvirlagan, bu asar o’zining tarixiy va adabiy ahamiyati bilan ajralib turadi. Uning merosi bugungi kunda ham madaniyat va tarixda o’z o’rniga ega.

Charxning men ko’rmagan

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi k’oldimu?!

Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi k’oldimu?!

Meni xor etti-yu k’ildi muddaini parvarish,

Dahri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?!

Meni o’lturdu jafoi javr birla ul k’uyosh,

Emdi turguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?!

Oshik’ o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafik’,

O’zga ko’nglimning bu olamda harosi k’oldimu?!

Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,

Tengri uchun de bu olamning safosi k’oldimu?!

Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga.

Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga,

Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base –

Mehru vafo – raqibgʼa, javru jafo – manga?

Begona boʼlsa aql meni telbadin, ne tong,

Chun boʼldi ul pari sifatim oshno manga.

Ohu yoshimdin ortadurur zaʼf, ey tabib,

Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

Dardim koʼrub muʼolajada zoye’ etma umr

Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

To yor kimni istaru koʼnglina kim yoqar,

Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.

Bobur, boʼlubturur ikki koʼzum yoʼlida toʼrt,

Kelsa ne boʼldi qoshima bir-bir mango-manga.

Bobur g’azallari topmadim.

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim

Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,

Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y6 etmisham, netay,

Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,

Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r, yorsizki, men

Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

Bobur g’azallari to’plami.

Kimki bo‘lg‘ay sen kibi olamda dildori aning,

Har qayon azm aylasa, bo‘lg‘ay Xudo yori aning.

Ko‘yidin men azm etarmen – qolg‘udektur xotirim,

Xotirimni saxlasa, Tengri nigahdori aning.

Keldim ersa, kelmadi hargiz aning ko‘ngliga rahm,

Bordim, ammo bormadi ko‘nglumdin ozori aning.

Ul quyoshdin ne asig‘ chekmak jafou javrkim,

Mayli yo‘qtur zarrae mehru vafo sori aning.

Borg‘ay erdim bosh ila ko‘yiga, naylay, Boburo,

Har qachon borsam eshigiga, kelur ori aning.

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida …

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,

Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.

Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,

Shomi hijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.

Zulfidakim maskan etting, ko‘r zanaxdon chohini,

Voqif o‘lg‘ilkim, erursen ajdahoning komida.

G‘unchadek og‘zing g‘ami ko‘nglumda gar yo‘q, bas nedur

Chok ko‘nglum hay’ati gul g‘unchasi andomida?

Yorning payg‘omidin topti tani farsuda jon,

Iyso e’jozi magar muzmardurur payg‘omida.

Bobur, ul gul zulfi ostinda emastur xollar,

Jon qushin sayd aylar uchun donalardur domida.

G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut …

G‘ofil o‘lma, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut,

Vaqti aysh emas boqiy, ol chog‘ir, ketur, bat tut!

Bu nasihatim tingla: ne bo‘lur kishi yongla,

Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g‘animat tut!

G‘ofil o‘lma davlatta, o‘zni solma mehnatta,

Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!

Xushturur visoli yor, anda bo‘lmasa dayyor,

Bo‘lsa vasl beag‘yor davlatu saodat tut!

G‘am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur,

Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!

Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar …

Yor yuzumni ko‘rub dardu g‘amim bilsa kerak …

Yor yuzumni ko‘rub dardu g‘amim bilsa kerak,

Yuz ko‘rub dardu g‘amim chorasini qilsa kerak.

Ey sabo, jonu ko‘ngulni o‘zining chun qildi,

Ko‘ngli birla degasen, joni uchun kelsa kerak.

Vaslini ne qilayin, g‘ayrdin ayrilmadi hech,

Yor vasli menga, u ag‘yordin ayrilsa kerak.

Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba ko‘ngul,

Hajrining tiyg‘i aning yuragini tilsa kerak.

Shukr, Boburni bilurmen, degan ermish ul oy,

Lojaram, bandalarin shohlari bilsa kerak.

Zahiriddin muhammad bobur sherlari.

Sening ishqingda, ey nomehrubon, bexonumon bo‘ldum,

Demon bexonumon, ovvorai ikki jahon bo‘ldum.

Labing gar bermasa bo‘sa, nechuk jon elta olg‘ayman,

Bu yo‘ldakim adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.

So‘rub ul oy labidin, og‘zining ramzini angladim,

Bir og‘iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,

Vale oxir malomat o‘qlarig‘a-o‘q nishon bo‘ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig‘a,

Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.

Visoling davlatig‘a yetmasam Bobur kibi, ne tong,

Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo‘ldum.