yangi yil bayramiga sherlar, topishmoqlar, bayramsenariysi pdf,docx, doc - yoshlar.ru

yangi yil bayramiga sherlar, topishmoqlar, bayramsenariysi pdf,docx, doc

yangi yil bayramiga sherlar, topishmoqlar, bayramsenariysi pdf,docx, doc

ARCHA
Yozda va qishda,
Bir xil kiyimda.
Yangi yildachi,
Yashnar uyimda.
Faqat sun’iydir,
Bizning archamiz.
Seni kesmaymiz,
Dedik barchamiz.

***

YANGI YIL
Yal-yal yonar archamiz,
O‘yin kulgu avjida,
Qorbobomiz davrada.
Yangi yilning bazmida

Yurtimizda yangi yil,
Bugun quvnar har bir dil.
Archamizning yulduzi,
Yonar kecha-kunduz

***

QISH BO‘LSIN
Qor yog‘sin-u
Qish bo‘lsin.
Menga o‘yin 
Ish bp‘lsin. 

Meni kutar 
Chang‘ ham.
Uchsam ketar
Zangi ham.
  
Chiniqtirib 
tanamni,
Ishga soldim
Sanamni.

Qor yog‘sin-u
Qish bo‘lsin.
Ko‘ngilim doyim 
Xush bo‘lsin. 

***

TOPISHMOQ 
Qish chog‘i kapalaklar
Uchib yurar osmonda.
Qiziq yo‘qolib qolar
Kaftimga qo‘ngan onda.

***

TOPISHMOQ 
Osmondan  par  tushadi,
Par emas , zar tushadi.
                        QOR PARCHA

Прокрутить вверх