Saytdan foydalanish shartlari

Saytdan foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar.

1. 1. Yoshlar.ru internet OAV saytidan (keyingi o’rinlarda «Sayt») foydalanish shartlari internetda https://yoshlar.ru/terms-conditions manzili bo’yicha joylashgan barcha shartlarni nazarda tutadi. Saytga kirgan har qanday shaxs foydalanuvchi hisoblanadi.

1. 2. Saytdan foydalanish deganda:

a) saytda ro’yxatdan o’tish yoki tizimga kirish;

b) saytda joylashtirilgan materiallarni ko’rish;

c) saytda har qanday kontentni chop etish yoki ma’lumot kiritish;

d) Sayt taqdim etadigan boshqa funktsionallarni ishlatish tushuniladi.

1. 3. 1. 2. punktda ko’rsatilgan har qanday funktsionaldan foydalanganda har bir foydalanuvchi foydalanish sharlari bilan tanishib chiqganigi va shartlar bilan rozi ekanligini tasdiqlaydi, aks holda saytni tark etish tavsiya etiladi.

2. Saytdan foydalanishning umumiy shartlari.

2. 1. Saytda joylashgan kontentni ko’rish ochiq sanaladi, bunda foydalanuvchi ro’yxatdan yoki avtorizatsiyadan o’tishi majburiy emas;

2. 2. Saytdagi funktsionallardan foydalanishda ko’proq imtiyozlarga ega bo’lish uchun (reCAPTCHA kiritmaslik, savol-javoblari moderatsiyasiz chop etilishi, ovoz berish, xabarlarni belgilash) foydalanuvchi ro’yxatdan o’tishi va tizimga kirishi talab etiladi;

2. 3. Ro’yxatdan o’tganda har bir foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazasida unikal foydalanuvchi yozuvi yaratiladi va unga foydalanuvchi tizimga kirishi vaqtida murojaat qilinadi;

2. 4. Ro’yxatdan o’tishda foydalanuvchi o’ziga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni imkon qadar to’g’ri va to’liq ko’rsatishi kerak. Agar foydalanuvchi noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etsa yoki Sayt administratorlari foydalanuvchi ma’lumotlari to’g’ri ekanligidan shubhalansa, Sayt administratorlari foydalanuvchi akkauntini bloklash yoki to’liq o’chirib tashlash huquqiga ega;

2. 5. Sayt administratorlari har qanday vaqtda foydalanuvchidan u kiritgan ma’lumotlarni tasdiqlashini talab etishi mumkin. Foydalanuvchi ma’lumotlari kiritilgan ma’lumotlar bilan to’g’ri kelmasa yoki foydalanuvchi ma’lumotlarni tasdiqlashdan bosh tortsa, 2.4 punktda ko’rsatilgan choralar qo’llanilishi mumkin;

2. 6. Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar ma’lumotlar bazasida maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi;

2. 7. Ro’yxatdan o’tishda har bir foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda o’ziga login va parol tanlab oladi. Bu foydalanuvchiga shaxsiy kabinetga kira olish uchun kerak. Ma’lumotlarni keyingi o’zgartirilishi shaxsiy kabinetdagi funktsional yordamida amalga oshiriladi. Sayt login va parol tanlashda muayyan me’yorlar kiritishga haqli (ma’lum bir ism va belgilardan foydanalishni cheklash, parolning uzunligi va hokazo).

3. Saytdan foydalanishdagi cheklovlar.

3. 1. Sayt administratorlari saytdan foydalanishda barcha foydalanuvchilar uchun muayyan cheklovlar kiritishga haqli;

3. 2. Foydalanuvchi saytdan foydalanishda o’z tavakkalchiligiga tayanadi. Sayt o’ziga hech qanday javobgarlikni olmaydi, shu jumladan foydalanuvchi uchun Sayt va unda ko’rsatiladigan Xizmatlar muvofiq kelmasligiga ham.

a) sayt foydalanuvchi foydalanish shartlarini qabul qilishi vaqtida va undan keyin Sayt va uning funktsionallari foydalanuvchi talablariga javob berishini kafolatlamaydi;

b) saytdan foydalanish chog’ida foydalanuvchi oladigan har qanday ma’lumotlar va materiallardan (havolalar, yo’riqnomalar, rasmlar, tavsiyalar va hokazo) o’z xavfi uchun ishlatadi va javobgarlik foydalanuvchining o’z zimmasida hisoblanadi;

c) sayt doimiy rivojlanish va o’zgarishlarga duchor bo’lishi sababli, funktsional imkoniyatlarning shakli va xarakteri vaqti-vaqti bilan foydalanuvchini oldindan ogohantirmasdan o’zgarib turishi mumkin. Sayt administratorlari istalgan vaqtda barcha yoki muayyan foydalanuvchilar uchun xizmat ko’rsatishni ogohlantirishsiz to’xtatishi mumkin;

d) sayt foydalanuvchi saytdan va uning xizmatlaridan foydalanish chog’ida ko’rgan har qanday turdagi zarar uchun javobgar emas.

3. 3. Sayt administratorlarining saytda joylangan va muallifi bo‘lmagan materiallar va ma’lumotlarning ishonchligigi, xavfsizligi va mazmunini tekshirib chiqish bilan shug’ullanmaydi va shunga mos ravishda ma’lumotni qoldirgan shaxslarning bunday ma’lumotni chop etish va tarqatish huquqiga ega ekanligi bilan ham;

3. 4. Foydalanuvchi qonunga zid bo’lgan ma’lumotlarni bilib-bilmay qoldirgan taqdirda, uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni o’z zimmasiga oladi;

3. 5. Foydalanuvchilar Sayt administratorlari saytdagi ma’lumotlarni oldindan tekshirib chiqishga majbur emasliklari, shuningdek, Sayt administratorlari o’z xohishiga binoan saytdagi har qanday ma’lumotni o’chirib tashlash huquqiga ega (majburiyatiga emas) ekanligi bilan rozi bo’lishadi. Har bir foydalanuvchi qoldirayotgan materiallar foydaliligi, xavfsizligi va qonunga zid emasligini teran baholashi kerakligini tan oladi va bunga rozilik beradi;

3. 6. Xususan, Saytdan foydalanishda foydalanuvchi quyidagilarga haqli emas:

a) noqonuniy, zarar yetkazuvchi, haqoratli, zo’rlash va tajovuzkorlikni targ’ib qiluvchi yoki tasvirlovchi, intellektual mulk huquqlarini buzuvchi, odamlarni irq, jins, etnik, diniy, ijtimoiy belgilari bo’yicha ajratish yoki yerga urish, biron-bir tashkilot manziliga yo’naltirilgan haqorat, pornografiya elementlarini saqlovchi yoki uni targ’ib etuvchi, bolalar pornografiyasi, mazmuni jinsiy xarakterdagi xizmatlar reklamasi yoki targ’ibi, narkotik moddalar, portlovchi moddalar, boshqa qurollar va ularning analoglari tayyorlanishi, qo’llanilishi va boshqa foydalanish usullarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni yuklash, chop etish, tarqatish va boshqalarga yetkazishning boshqa usullarini qo’llashga;

b) uchinchi shaxslar huquqlarini buzish, jumladan voyaga yetmagan shaxslarga va ularga har qanday shakldagi zarar yetkazishga;

c) tegishli vakolatsiz o’zini boshqa shaxs yoki tashkilot vakili deb taqdim etish, xususan Sayt vakili deya, shuningdek o’zini noqonuniy ravishda boshqa shaxs deb tanishtirishga;

d) muayyan kelishuvlar yoki qonun taqiqlagan usulda, huquqlari yetarli bo’lmagan holda materiallarni yuklash, chop etish va boshqa tarqatish usullarini qo’llashga;

e) maxsus ravishda ruxsat etilmagan reklama materiallarini, spam, boshqalarning ochiq muomalada bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlari, internetda noqonuniy pul ishlash usullari va e-mail bizneslar, shuningdek bunday tadbirlarda qatnashish uchun Saytdan foydalanishga;

f) boshqa shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy ravishda yig’ish va saqlashga;

g) saytning normal ishlashiga to’sqinlik qilishga;

h) amaldagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo’lgan internet resurslariga havola qoldirishga;

i) foydalanish shartlarida keltirilgan cheklov va taqiqlarga qarshi ish tutishga;

j) qonunchilik normalariga, jumladan xalqaro normalarga qarshi har qanday ish tutishga.

3. 8. Saytdan foydalanishda huquqlar va manfaatlar buzilishi aniqlanganda, Sayt administratorlariga https://yoshlar.ru/contact orqali yoki boshqa aloqa usullari yordamida xabar berish so’raladi;

3. 9. Foydalanuvchilarga nisbatan ayblov qo’yilsa-yu, lekin u hech qanday noqonuniy ish qilmaganligiga da’vo qilsa, foydalanuvchi haq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishi so’raladi;

3. 10. Foydalanuvchi tufayli Sayt javobgarlikka tortilsa yoki boshqa da’volar ko’rsatiladigan bo’lsa, ushbu foydalanuvchi Sayt ko’rgan zararni to’laligicha qoplab berishga majbur;

3. 11. Amaldagi shart va cheklovlar ko’p marotaba yoki qo’pol ravishda buzilgan hollarda uning akkaunti ogohlantirishsiz bloklanadi yoki o’chirib tashlanadi.

4. Intellektual huquqlar.

4. 1. Sayt dizaynining muayyan qismlari, saytdagi materiallar Sayt, Foydalanuvchilar va boshqa huquq egalari mulki hisoblanadi;

4. 2. Saytdagi materiallarni tijoriy va boshqa maqsadlarda ko’chirish, ko’paytirish, tarqatish, sotish kelishilmagan hollarda taqiqlangan hisoblanadi;

4. 3. Saytda boshqa internet resurslariga havolalar (link) bo’lishi mumkin. Sayt administratorlari uchinchi shaxslar saytlarida joylashgan barcha ma’lumotlar, materiallar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi;

4. 4. Saytda joylashgan tashqi havolalar Sayt tavsiyasi yoki ma’qullashi hisoblanmaydi.

5. Bildirishnomalar.

5. 1. Sayt foydalanuvchilarga shaxsiy kabinetda ko’rsatigan elektron pochtasiga Sayt doirasida bildirishnoma yuborish huquiga ega;

5. 2. Sayt o’z xohishiga binoan foydalanuvchi elektron pochtasiga o’z xizmatlari va uchinchi shaxs mahsulotlari (xizmatlari) reklamasini yuborishga haqli.

6. Yakuniy xulosalar.

6. 1. Ushbu foydalanish shartlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda nazorat qilinadi va talqin etiladi. Foydalanish shartlarida ko’rsatilmagan barcha savollar va bahsli holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda ko’rib chiqiladi. Ushbu matnda aniq talqin etilmagan hollardan tashqari, qonun va qonunchilik deganda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi nazarda tutiladi;

6. 2. Agar u yoki bu sabablari tufayli mazkur foydanalish shartlarining bir yoki bir nechtasi yuridik kuchga ega emas yoki amaliy emas deb topilsa ham, bu boshqa shartlarning kuchda qolishiga ta’sir o’tkazmaydi;

6. 3. Barcha bahsli holatlar tomonlar o’zaro kelishuvga kela olmagan hollarda qonunchilikka muvofiq Sayt joylashuvidagi sud tomonidan ko’rib chiqiladi;

6. 4. Mazkur foydalanish shartlari o’zbek tilida tuzib chiqilgan va foydalanuvchilar boshqa tilda tanishib chiqish uchun uning tarjimasini qilishni o’z zimmasiga oladilar. Agar boshqa tildagi va o’zbek tilidagi foydalanish shartlari farq qiladigan bo’lsa, o’zbek tilida keltirilgan shartlar chin deb topiladi.

7. Sayt rekvizitlari

info@yoshlar.ru