BEGIM, DILDORA ABDINAZAROVA sher
BEGIM,DILDORA ABDINAZAROVA
BEGIM
Men baxtliman, har qadamimda,
Qoʻlim tutib yurolgan begim.
Koʻzlarim koʻr edi, men uchun,
Dunyolarni koʻrolgan begim.
Saratonda sovuq qotsam goh,
Chin mehriga oʻrolgan begim.
Kelajagim qilib himoya,
Men uchun tik turolgan begim.
Tuban ketgan pastkashdan nari,
Teskari yuz burolgan begim.
Igʻvolarga toʻlgan dunyoni,
Bir chekkaga surolgan begim
Gʻam tikonin yurakkinamdan,
Bitta bitta terolgan begim.
Hayotimni nurga toʻldirib,
Bahorlarni berolgan begim.
✍️DILDORA ABDINAZAROVA
Kunlarim oʻtyabdi sensiz ham bekam
Yoʻqlamay qoʻydi tashvish yoki gʻam
Yurishlarim qaysi malikadan kam...
Sen meni sogʻinasan hali juda ham...
Sensiz bogʻlarim ham ochildi qiygʻos
Yuribman sensiz ham qaddim tutib gʻos
Yurishlarim aytsam malikaga xos..
Sen meni sogʻinasan hali juda ham...
Sen bergan gʻamlar ham tugadi oxir
Sinovlarni yengdim boʻldim men mohir
Boʻlolmading menga munosib Tohir
Sen meni sogʻinasan hali juda ham...
Qara vaqt oʻtyabdi juda ham shoshib
Yuzimga tabassum turar yarashib
Meni tashlab sen ketding adashib
Sen meni sogʻinasan hali juda ham
Yoʻllarimga kelma duch rangim oʻchadi
Tushlarimga ham kirma uyqim qochadi
Men uchun oʻzga yor quchoq ochadi
Sen meni sogʻinasan hali juda ham...
Oʻtmishga qaytish yoq yoʻq ortga qaytish
Endi hayotimni qilmayman taftish
Tunlar uyqularingda koʻrib meni tush
Sen meni sogʻinasan hali juda ham..
Muallif :Dilim.