Sms sherlar

Sms sherlar

Sms sherlar

SIZGA... Sms

Bir opajonimni iltimosiga binoan yozildi. Kamchiliklar uchun uzr. 

Tóydan oldin jonim deb

Qalb egasi bólgan yor. 

Bugunchi aqlingizni

Ógʻirlagan bir dildor. 

Tonggacha smslar

Tugamas hech suhbatlar. 

Shoir bólib ketingee

Yozibsiz unga baytlar. 

Olam bólib nurafshon

Yosharibsizmi andak. 

Bir kun kelasiz hali

Aylanganda bu falak. 

Hozir qólda dunyo bor

Keraksiz  hurliqoga.

Pul qolmay qariganda

Aylanasiz soqovga. 

Parollandi telefon

Hojatga ham kirasiz. 

Jiringlasachi darrov

Mendan oldin turasiz. 

Kóray ósha satangni

Mendan nimasi ortiq. 

Agar malika bólsa

Qilay biror bir tortiq.

Olibdi hayolingiz

Sózlaringiz poyma poy. 

Bor maoshingizni 

Sarflagansiz hoynahoy. 

Hastalik, dunyo sizdan

Sóramay kelar nogoh. 

Qochganda jononingiz

Kulaman, bólib guvoh. 

Oila muqaddas dargoh

Olib kirmang haromni. 

Sizdan shudir ótinchim

Eshiting shu nolamni.

Er kishisiz yarashar, 

Himmatga tóla sózlar. 

Unutmang uyda kutar

Sizni munchoqli kózlar.

Dil tushsa ózga yorga

Kóngil deya kónamiz. 

Lekin oilam, bolam deb

Bir kun yigʻlab sónamiz. 

Oro bermaymiz ózga

Vaqt baxona bariga. 

Rózgʻorni rókach etib

Ótmay undan nariga. 

Siz deb yonamiz faqat

Istak, sizla yurak bor. 

Bir kunlik jononni deb

Bólmang kóchalarda hor.

IRODAXON QOSIMOVA. 

02.11.2022.  20:00.