Hali koʻp tong otadi sensiz, sevgi haqida sherlar
Hali koʻp tong otadi sensiz. sevgi haqida sherlar
Yana bir tong otdiku sensiz ,
Diydor qoʻmsab qotdi koʻzlarim .
Hayqirardi zabon berilsa ,
Tinglab bolish , dardli soʻzlarim .
Koʻz yosh toʻkar edi koʻkda oy ,
Boʻlgandida ishqimga guvoh .
Majnun kabi yongandim axir ,
Layli boʻlib tashlasang nigoh .
Har soʻqmoqda sonsiz va cheksiz ,
Soʻnib yotar , izlasang izim .
Yuragimdan berolsamda joy ,
Koʻzlaringda koʻrmadim oʻzim ...
Tutqunlikda yashaydi hijron ,
Yillar unga tutarlar sabr .
Qahratonda muzladi arang ,
Armonlarim koʻmilgan qabr .
...Hali koʻp tong otadi sensiz....
Baxtiyor...Mirzo