SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR sher
SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR SHERLAR
SENI QANDOQ UNUTIB BOʻLAR
Yuragimdan koʻchib ketmaysan,
Ketsang yoddan oʻchib ketmaysan...
Mendan sira kechib ketmaysan,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Bitilgandek umrbodimga,
Armon boʻlding iltifodimga.
Har kun tushib tursang yodimga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Koʻz oldimda qiyosi jisming,
Beixtiyor tilimda isming...
Yuragimda yashar bir qisming,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Hayollarim yoninga daydib,
Ketaverar sogʻinchin aytib.
Kelib tursang tushimda qaytib,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Doston aytdim kuygan baxshidek,
Goʻya hijron umrim naqshidek...
Unutmoqdan oʻlgan yaxshidek,
Seni qandoq unitib boʻlar?
Duchor boʻldim qancha qasamga,
Oshiq boʻlib bitta sanamga...
Oʻrnab qolgandaysan tanamga,
Seni qandoq unitib boʻlar?
✍ Odilbek Qodirov